21:27 / 17.07.2016
6318

Yerevanda garovga olingan bino ichidan chiqib kelgan shaxs hibsga olindi

Yerevanda politsiya xodimlari qurollangan guruh tomonidan egallab olingan polk binosi hududidan chiqqan shaxsni qo‘lga oldi. Bu haqda  «Interfaks» agentligi xabar tarqatdi.

Qayd etilishicha, u patrul-post xizmati avtomobilida politsiya bo‘limiga olib ketildi.

Uning kimligi va nima sababdan qo‘lga olingani hozircha ma'lum emas.

Bundan oldinroq, Armaniston MXX Yerevandagi politsiya mahkamasiga uyushtirilgan hujumni terakt sifatida baholagandi.

Top