09:21 / 17.07.2016
8793

Nitstsalik terrorchi o‘limidan oldin oilasiga 100 ming dollardan ko‘proq pul yuborgan

Google image

Nitstsada terakt amalga oshirgan Muhammad Buhlal teraktni amalga oshirishidan biroz avval Tunisdagi oilasiga 112 ming dollarga yaqin pul yuborgan. Bu haqda terrorchining ukasi ma'lum qildi, deb yozmoqda Mirror nashri.

Buhlal ukasining aytishicha, uning akasi teraktdan bir necha soat avval unga xabar yuborgan va unda ishlari joyidaligi va baxtli ekanligini yozgan. Nitstsadagi voqeadan keyin Buhlal oilasi unga yarim tungacha hol-ahvolini bilish maqsadida qo‘ng‘iroq qilib tushishga harakat qilgan.

Top