17:07 / 17.07.2016
4488

Yerevandagi hujum oqibatida o‘ldirilgan harbiyning lavozimi polkovnik bo‘lgan

Armaniston poytaxti Yerevan shahri yaqinidagi Erebunida joylashgan patrul-post polki binosi qurolli shaxslar tomonidan egallanishi vaqtida halok bo‘lgan shaxs polk rahbari o‘rinbosari, polkovnik Artur Vanoyan edi. Bu haqda Sputnik Armeniya nashri o‘z manbasiga asoslanib xabar tarqatdi.

Bu ma'lumot hozircha o‘z tasdig‘ini topmadi.

Armaniston politsiyasi rahbari o‘rinbosari Vardan Yegiazaryan va Yerevan politsiyasi rahbari o‘rinbosari Valeriy Osipyan garovga olingan.

Bundan oldinroq muxolifatchilar 7 politsiyachi va 1 generalni garovda tutib turgani ma'lum bo‘lgandi.

Hujum vaqtida 2 kishi jarohatlangan. 

O‘tgan vaqt davomida o‘tkazilgan maxsus operatsiya orqali ikki politsiyachi xodimi ozod qilindi.

Erebuni poytaxtning eng aholi zich yashaydigan tumanlaridan biridir. Polk o‘rnashgan yer yaqinida Erebuni politsiya bo‘limi, tuman birinchi instansiya sudi hamda mahbuslarni vaqtinchalik saqlash muassasasi binolari joylashgan.

Tumanda yashovchi aholi vakillarining guvohlik berishicha, ertalab mahalliy vaqt bilan 05:00da o‘q ovozlari va portlashlar eshitilgan. Hozir tomlarga snayperlar joylashtirilgan.

Top