08:14 / 17.07.2016
4853

«Real» Xamesni 80 mln yevroga sotishga tayyor

«Real» kolumbiyalik yarimhimoyachisi Xames Rodrigesni sotishga tayyor va uning transferidan kamida 80 million yevro ishlab olmoqchi.

Marca tarqatgan xabarga ko‘ra, 25 yoshli futbolchi uchun «Manchester Yunayted», «Chelsi», «Vest Hem» va «PSJ» jamoalari talabgor, lekin Xames uchun maksimal taklif miqdori 60 million yevrodan oshmayapti.

2 yil oldin «Real» bu futbolchini «Monako»dan 75 million yevro evaziga transfer qilgandi.

Bundan oldinroq, madridliklar jamoasi prezidenti hamda jamoa bosh murabbiyi ushbu futbolchining kelajagi bo‘yicha kelisha olishmayotgani xabar qilingandi.

Top