03:05 / 18.07.2016
4119

Baltimordagi Burger King'ni garovga olgan jinoyatchi 2 nafar insonni qo‘yib yubordi

AShQning Baltimor shahridagi Burger King yemakxonasida 4 nafar insonni garovga olgan jinoyatchi ularning 2 nafarini qo‘yib yubordi.

Qo‘shimcha eshikdan chiqib ketishga ulgurgan mijozning so‘ziga qaraganda, jinoyatchi hali ham yosh qizaloqni garovda ushlab turibdi.

Shuningdek, u noma'lum jinoyatchining telefondan foydalanganini aytdi.  

Avvalroq, Baltimorda noma'lum jinoyatchi politsiyadan qochib, Burger King’da 4 nafar insonni garovga olgan xabar qilingan edi.

Top