14:42 / 18.07.2016
5133

G‘arbiy Tyan-Shan YuNeSKOning Butunjahon merosi ro‘yxatiga kiritildi

G‘arbiy Tyan-Shan tog‘lari YuNeSKOning Butunjahon ro‘yxatiga kiritildi. Bu haqda tashkilot matbuot xizmati xabar bermoqda.

YuNeSKOning Butunjahon ro‘yxati qo‘mitasi ushbu qarorni Istanbulda o‘tgan 40-sessiyada qabul qilgan.

Eslatib o‘tamiz, Qozog‘iston, Qirg‘iziston va O‘zbekiston G‘arbiy Tan-Shanni Butunjahon ro‘yxatiga qo‘shish haqida ariza bilan chiqqan edi.

Ma'lumot uchun: G‘arbiy Tyan-Shan tog‘lari markaziy qismiga o‘xshab baland emas, ammo tabiati xilma-xil va o‘ziga xosdir. U Qozog‘iston, O‘zbekiston va Qirg‘iziston va qisman Tojikiston hududida joylashgan.

Top