10:12 / 18.07.2016
6478

«Nepartak» to‘foni 80dan ortiq insonning hayotiga zomin bo‘ldi

Foto: news.cn

Xitoyning Futszyan viloyatida hukm surgan «Nepartak» to‘foni 83 kishining o‘limiga sabab bo‘ldi, deb xabar qilmoqda «Sinxua» agentligi.

Qurbon bo‘lganlarning aksariyati, xabarlarga ko‘ra, Mintsin hududida ro‘yxatga olingan. Bu yerda, jami 73 kishi halok bo‘lgan. 

Bundan tashqari, 19 kishi bedarak yo‘qolgan hisoblanmoqda. 

Avvalroq, tabiiy ofat tufayli mingdan ortiq turarjoy binolari vayron bo‘lgani xabar qilingan edi.

«Nepartak» to‘foni 9 iyulda Futszyan viloyati sohillariga yopirilgan edi. 

Mavzuga oid
Top