11:52 / 18.07.2016
5819

Seul Yevroittifoqning KXDRni pul o‘marish bilan kurashmaydigan davlatlar qatoriga qo‘shish qarorini qo‘llab-quvvatlamoqda

Foto: Getty images

Koreya Respublikasi Yevroittifoqning KXDRni pul o‘marish bilan kurashmaydigan davlatlar qatoriga qo‘shish qarorini qo‘llab-quvvatlamoqda, zero bu terrorchilikni moliyalashtirishning manbai bo‘lib xizmat qilishi mumkin. Bu haqida KR TIV rasmiy vakili “Tona ilbo” nashriga xabar bergan.  

“Bunday choralar Pxenyanni xalqaro moliyaviy tizimga kirishini yanada cheklash imkonini beradi”, - deya ta'kidladi diplomat. KXDR 14 iyulda 10 ta davlat bilan bir qatorda YeIning qora ro‘yxatiga kiritilgan. Ushbu ro‘yxatdan Eron, Afg‘oniston, Bosniya va Hertsogovina, Frantsuz Gvianasi, Iroq, Laos, Suriya, Uganda, Vanuatu va Yaman mamlakatlari joy olgan. 

BMT Xavfsizlik Kengashi 2 mart kuni KXDRga nisbatan sanksiyalarning kuchaytirilishiga doir 2270 rezolyutsiyasini qabul qilgan, bunga Pxenyanning yil boshida o‘tkazgan yadro sinovi va raketa uchiririshi sabab bo‘lgan. Unga ko‘ra, mamlakatdan ko‘mir, temir rudasi, vanadiy, oltin va boshqa qimmatli metallar import qilish taqiqlanadi, shuningdek u yerga aviatsion va raketa yoqilg‘isi embargosini amalga oshirish bekor qilindi.

Top