15:33 / 18.07.2016
28527

Tarmoqda Erdo‘g‘an dam olayotgan Marmaris mehmonxonasining qo‘lga olinishi videosi paydo bo‘ldi

Internet tarmog‘ida Turkiya prezidenti Rajab Toyib Erdo‘g‘an dam olayotgan Marmaris mehmonxonasining isyonchilar tomonidan qo‘lga olinishi tasvirlangan video paydo bo‘ldi. 

Videotasmada otishmalar eshitilib, isyonchilarning mehmonxonaga bostirib kirishi aks etgan. Mazkur video Anadolu axborot agentligining Twitter'ida namoyish qilingan

Juma kuni kechqurun turk harbiylari mamlakat hukumatini qo‘lga olmoqchi bo‘lishgan. Muvaffaqiyatsiz davlat to‘ntaruvi harakatidan so‘ng xavfsizlik posbonlari 6 mingdan ortiq kishini qo‘lga olgan, ularning orasida yuqori lavozimdagi harbiylar ham bor. 

Buning natijasida 290 nafar kishi halok bo‘lgan. Hukumat to‘ntaruv harakatini tashkillashtirishda Pensilvaniyada yashovchi muxolifat islom xatibi Fathulloh Gulen gumon qilinmoqda. 

Turkiya prezidenti Toyib Erdo‘g‘an Vashingtondan Gulenni topshirishni talab qildi hamda AQSh Adliya vazirligiga rasmiy so‘rov yo‘llashini ma'lum qilgan. 

Top