12:09 / 18.07.2016
17321

O‘zbekistonda odam savdosi kamaydi

Foto: Getty images

2015 yilda O‘zbekistonda odam savdosi qurbonlari soni 2014 yilga nisbatan 23,5 foizga – 924 nafargacha kamaygan. Bu haqida respublika IIV ma'lumotlariga asoslanib, RIA “Novosti” xabar qildi

2015 yilda qayd qilingan odam trafigida 784 kishi (26,4 foizga kam) mamlakat tashqarisiga olib ketilgan, deyiladi vazirlik xabarida. IIV ma'lumotlariga ko‘ra, xalqaro tashkilotlar va nodavlat tashkilotlar odam savdosining 774 nafar qurboniga yordam ko‘rsatgan, O‘zbekistonning xorijdagi diplomatik missiyalari 146 nafar kishining qaytishiga yordam berishgan. 

Huquqni muhofaza qilish organlari tomonidan “odam savdosi” moddasi bo‘yicha 460 nafar odamni (1,4 barobar kamroq) ta'qib qilib, 372 ta ish ochilgan (1,7 barobar kamroq). Sud davomida 442 kishiga qamoq jazosi tayinlandi, 15 nafar savdogar esa axloq tuzatish ishlariga jalb qilindi. Jinoyat Kodeksining “odam savdosi” moddasi bo‘yicha bunday faoliyatga 5 yildan 12 yilgacha qamoq jazosi tayinlanadi. 

Toshkentdagi reabilitatsion markaz 503 nafar vaziyat qurboniga (1,36 marta ko‘proq) yordam ko‘rsatdi. Markaz qurbonlarga tibbiy va ruhiy jihatdan yordam ko‘rsatdi hamda ularni boshpana va ish bilan ta'minladi, deyiladi xabarda. 

Top