Meksikadagi yo'l-transport hodisasida 59 kishi jabr ko'rdi

Jamiyat 19 Iyul 2016 3862
Фото: LupitaJuarez/Twitter

Meksikaning Chyapas shtatida avtobus ishtirokida yirik yo'l-transport hodisasi yuz berdi. YTH oqibatida 59 kishi jabrlandi, deb shtat fuqarolik mudofaasi vazirligiga iqtibos keltirgan holda RIA “Novosti” axborot agentligi xabar berdi

Vazirlikda ma`lum qilinishicha, YTH Tustla-Guterres shahriga kiraverishdagi yo'lda yuz bergan. Avtobus aniqlashtirilmagan sabablarga ko'ra to'ntarilib ketgan.

Jabrlanganlar shifoxonalarga yetkazilganlar. Ayni vaqtda halok bo'lganlar haqida ma`lumot kelib tushmagan. Voqea joyiga favqulodda xizmatlar yetib kelishgan. YTH tafsilotlari aniqlashtirilmoqda.

Ko'proq yangiliklar: