14:38 / 19.07.2016
7379

OAV: YeI Turkiya sabab ikki yo‘l chorrahasida turib qoldi

Turkiyadagi harbiy isyon Yevroittifoqni keyingi siyosati yuzasidan ikkilanishga majbur qilayapti, deb yozmoqda Germaniyaning Frankfurter Allgemeine Zeitung nashri.

Qayd etilishicha, Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘on shundog‘am «Yevropaga kelayotgan qochqinlar oqimining xo‘jayini», «Bosfor darvozasining qo‘riqchisi» edi, endilikda u cho‘qqiga yanada balandroq chiqdi. So‘nggi o‘n yilliklarda yevropalik yoki shimoliy amerikalik biron-bir siyosatchi qurolli isyonni xalq yordamida bostira olgani bilan faxrlana olmaydi. 

Turkiyada esa aynan shunday bo‘ldi: Erdo‘g‘on odamlarni ko‘chalarga chiqishga chaqirdi, va anchagina fuqaro o‘z jonini Vatan istiqboli uchun qurbon qildi. Xalqaro hamjamiyat ham demokratik yo‘l bilan saylangan davlat rahbarini qo‘llab-quvvatladi. 

Biroq, deb davom etadi maqola muallifi, Turkiya Yevropa Kengashi va NATOning a'zosi bo‘lishi barobarida, YeI tarkibiga kirish uchun ko‘pyillik nomzod hisoblanadi. Ushbu tashkilotlarga a'zo bo‘lish esa, mamlakatda inson huquqlariga rioya etilishi lozimligini talab etadi. Va hatto, aytaylik qon bilan birlashgan va qutqarilgan rahbarlari yetakchiligidagi aksar ko‘pchilik, mingdan ortiq hakamlar va o‘z ishlarini qilayotgan jurnalistlarni ta'qib qilishiga haqli emas. 

Erdo‘g‘on boshlab yuborgan tozalash xato bo‘lib, uni nazorat etish va unga nisbatan shunchaki tomoshabin bo‘lib turish mumkin emas, deb yozadi gazeta. Ayni masala borasida YeI: isyonni bostirish, o‘z bilganini qilishni anglatmaydi, degan fikrni bildirmoqda. 

Nashr, shuningdek, YeIning mazkur vaziyatga oid rejalari xususida fikrlarini bildirgan. Jumladan, Erdo‘g‘on YeIga muhtoj emasligi va Turkiya o‘lim jazosini qayta kiritish uchun hech kimdan izn so‘ramasligini ta'kidlamoqda. O‘z navbatida, Germaniya kansleri Angela Merkel «Bosforning toblangan hokimi»ni, muhojirlar inqirozi va xavfsizlik masalalarida ishonchli hamkor deb bilishda davom etmoqda. 

Ammo, tez orada, Erdo‘g‘onni faol qo‘llab-quvvatlagan yevropaliklarning so‘zi naqadar qiymatga egaligi ayon bo‘ladi. Agar, Turkiya qochqinlarni qabul qilish bilan birga, muxolifat vakillarini ta'qib qilaversa, YeI bunga jim qarab tura olmaydi. Shunga ko‘ra, u ikki yo‘ldan birini tanlashi kerak bo‘ladi: bir tomondan u Turkiyani qo‘llab-quvvatlashi kerak, ikkinchi jihatdan u o‘zini mustabid tuzumga qaram qilib ham qo‘ya olmaydi, deya xulosa qiladi maqola muallifi.

Mavzuga oid
Top