18:45 / 19.07.2016
4032

Toshkentdagi Inha Universiteti talabalari mobil ilovalari yarmarkasida g‘olib bo‘lishdi

Foto: inha.uz

Toshkent shahridagi Inha universiteti talabalari (IUT) O‘zbekiston-Koreya dizayn yarmarkasida Android tizimi uchun mobil ilovalar yaratish nominatsiyasida birinchi va ikkinchi o‘rinni qo‘lga kiritdi.

Yarmarka natijalariga ko‘ra, Toshkent shahridagi Inha universiteti talabasi Shahzod Bohidjonov boshchiligidagi guruh Fast Cafe ilovasi bilan birinchi o‘rinni egalladi. Fast Cafe mobil ilovasining asosiy maqsadi foydalanuvchilarga tez ovqatlanish restoranlariga masofadan buyurtma berish imkonini yaratish. Ilovada mahsulotlar haqida ma'lumotlar bor. Ilova orqali kunlik iste'mol qilinayotgan koloriya hisobini olib borish mumkin.

Universitetning yana bir talabasi Muxlisa Anvarovaning guruhi XWING Runner nomli o‘yin bilan ikkinchi o‘rinni qo‘lga kiritdi. XWING Runner o‘yin odamning epchilligini va chaqqonligini yaxshilashga ko‘mak beradi.

Top