19:56 / 19.07.2016
7863

Turkiyaning Marmaris dam olish hududida 14 askar hibsga olindi

Google image

Turkiyadagi harbiy davlat to‘ntarishiga urinishdan so‘ng, Marmarisda davlat rahbariga suiqasd qilishda uringanligi uchun 14 nafar harbiy xizmatchi qo‘lga olindi, deb xabar qilmoqda Reuters agentligi.

Bu haqda, Turkiya prezidentining rasmiy vakili Ibrohim Kalin ma'lum qilgan. 

U, shuningdek, qurolli kuchlar tarkibidagi harbiy texnikalar, xususan tanklar va vertolyotlardan birontasi ham yo‘q qilinmaganini ta'kidlagan. 

Avvalroq, Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘on CNN telekanaliga bergan intervyusida, agar u Marmaris shahridagi mehmonxonada 10-15 daqiqa qolganida, isyonchilarning qo‘lidan halok bo‘lishiga ishonch bildirgan edi. 

«Marmarisda menga qarshi amaliyot o‘tkazildi. Mening ikki tansoqchimni o‘ldirishdi. 10–15 daqiqaga ushlanganimda, meni ham yoki o‘ldirishardi yoxud garovga olishardi», — degan edi Erdo‘g‘on. 


 

Top