10:13 / 20.07.2016
3855

«Arsenal» «Manchester Siti»ning Belerin uchun taklifiga javob qaytardi

«Manchester Siti» «Arsenal»ning ispaniyalik himoyachisi Ektor Belerin uchun rasman taklif jo‘natgan, lekin londonliklar tomonidan rad javobi qaytarilgan.

Muzokaralarning birinchi bosqichidayoq «Arsenal» 21 yoshli bu  ispaniyalik futbolchisi uchun bildirilgan har qanday taklifga rozi bo‘lmasligini bildirgan.

Bundan oldinroq, «shaharliklar» jamoasining yangi bosh murabbiyi Xosep Gvardiola Belerinni o‘zi tuzadigan yangi jamoa safida ko‘rishni istayotgani va «Arsenal» bu futbolchini qo‘yib yuborish uchun 43 million funt so‘rashi haqida yozilgandi.

Bundan tashqari, yozgi transferlar davomida «Arsenal» Belerinning transferi borasida «Barselona» bilan ham muzokara o‘tkazishdan bosh tortgan.

Manba: Tribuna.uz

Top