12:49 / 20.07.2016
5246

Pekinda noqulay ob-havo tufayli 100dan ortiq aviaparvozlar bekor qilindi

XXR poytaxtining Shoudu xalqaro aeroportida qo‘nish va uchishga oid 102ta reys bekor qilindi. Bunga, mintaqada hukmronlik qilayotgan noqulay ob-havo sharoiti sabab bo‘lgan, deb xabar qilgan aeroport onlayn tablosi.

Mahalliy vaqt bo‘yicha 20 iyul yarim kechasidan boshlab, 15ta reys bekor qilingan, ularning aksari mahalliy parvozlar bo‘lgan. Shu bilan birga, 87ta  reys qabul qilinmagan. Yana oltita parvozning kelishi kechiktirilgan. 

20-iyul kuni Pekin meteorologiya boshqarmasi, xavfning “sariq” darajasini joriy qilganini e'lon qildi. 

Top