14:54 / 20.07.2016
9092

Joze Mourino Ronalduni futbol tarixidagi eng kuchli 3 futbolchidan biri sifatida tan olmasligini bildirdi

«Manchester Yunayted» bosh murabbiyi Joze Mourino o‘zining talqini bo‘yicha dunyoning eng yaxshi futbolchilarini tanladi.

«Men uchun Messi, Pele va Maradona - tarixdagi eng zo‘r futbolchilar. Messining nimalarga qodir ekanini barchamiz bilamiz. Maradonaning o‘yindagi mahoratini bir-ikki marta ko‘rganman. Pelening o‘yinlarini esa umuman ko‘rmaganman»,- deya Mourinoning so‘zlaridan iqtibos keltiradi Sport English.

Ko‘pchilikni Mourino «Real»da uch yil davomida o‘zi birga ishlagan Krishtianu Ronalduni eng zo‘r futbolchilar qatoriga qo‘shmagani hayratga soldi. Chunki o‘sha vaqtlarda Mourino portugaliyalik futbolchini futbol tarixidagi eng kuchli futbolchi sifatida ta'kidlar edi.

Manba: Tribuna.uz

Top