13:28 / 20.07.2016
12389

Jurnalist Pavel Sheremet mashina portlashi natijasida halok bo‘ldi

20 iyul kuni Kiyevda avtomobil portlashi natijasida taniqli jurnalist Pavel Sheremet halok bo‘ldi. Bu haqida “112 Ukraina” telekanali ma'lum qildi. 

Avtomobil Bogdan Xmelnitskiy va Ivan Franko ko‘chalari kesishgan joyda McDonald's restorani qarshisida portlagan. Sheremet o‘zi boshlovchilik qiladigan “Radio Vesti” efiriga ketayotgan bo‘lgan. Ma'lumotlarga ko‘ra, avtomobil “Ukrainskaya pravda” rahbari Alyona Pritulyaga tegishli bo‘lgan, lekin uning egasi mashina ichida bo‘lmagan. Voqea ro‘y bergan joyda politsiya xodimlari ish olib borishmoqda. 

Pavel Sheremet – Rossiya, Ukraina va Belorussiya telejurnalisti. U avval “ORT”, keyinroq  “Pervyy kanal”da (“Birinchi kanal”) maxsus axborot loyihalari bo‘limida rahbarlik qilgan. So‘nggi yillarda jurnalist Kiyevda yashab, “Ukrainskaya pravda” nashri va “Vesti” radiosida faoliyat olib borgan.

Top