20:19 / 21.07.2016
7750

Gretsiyaga qochib borgan turk harbiylari ikki oyga qamaldi

Google image

Turkiyadagi harbiy to‘ntarishda qatnashganlikda ayblangan va Gretsiyaga vertolyotda qochib o‘tgan sakkiz nafar harbiy yengilgina jazo bilan qutuladigan bo‘lishdi.

Gretsiya hukumati ularni chegarani ruxsatsiz buzganlikda ayblab, ikki oyga qamoqqa hukm qildi. Avvalroq bu sakkiz nafar harbiy uchib kelgan vertolyot Turkiyaga qaytarilgani aytilgan edi.

Harbiylarning o‘zlari Turkiyadagi harbiy to‘ntarishda qatnashganliklarini rad etishmoqda.

Top