14:47 / 21.07.2016
11497

Istanbul meri isyonchilar uchun maxsus qabristonga joy tayyorlamoqda

Turkiyada o‘lim jazosini tiklash masalasi muhokama etilishi davom etayotgan vaqtda Istanbul shahri meri Qodir To‘pbosh qabristonda isyon ishtirokchilari uchun joylar ajratib qo‘ydi.

"Men maxsus joy tayyorlab, uni "isyonchilar qabristoni" deb atash haqida buyruq berdim. Barcha u yerga borib, xoinlarni la'natlashi mumkin. Ular yer ostida osuda yotishga haqli emas", deya To‘pboshning so‘zlarini keltiradi RT saytining inglizcha talqini.

16 iyunga o‘tar kechasi Turkiyada davlat to‘ntarishiga urinish sodir bo‘ldi. Hukumat bu isyonni xalq yordamida bostirdi va nazoratni qo‘lga oldi.

Tartibsizliklar vaqtida 290dan ortiq kishi halok bo‘ldi, 1500dan ortiq kishi jarohatlandi.

Shu vaqtgacha qo‘lga olingan va lavozimidan chetlatilgan davlat xizmatchilari soni 50 ming nafarga yaqinlashgan.

Top