23:00 / 21.07.2016
7565

Ko‘cha rassomi Trampning Shon-shuhrat xiyobonidagi yulduzi atrofida devor qurdi

Google image

AQShda Plastik Iso tahallusli ko‘cha rassomi AQSh prezidenti lavozimiga nomzod Donald Trampning Gollivuddagi Shon-shuhrat xiyobonidagi yulduzi atrofida devor qurdi, deb xabar bermoqda CNN telekanali. 

Devor tikanli sim va "Begonalarga kirish taqiqlangan" belgisi o‘rnatilgan.

Rassom shu tariqa Trampning Meksika bilan chegarada devor qurish haqidagi bahsli taklifiga kinoya qilgan. 

Rassom Buyuk Britaniyada tug‘ilgan va hozirda Los-Andjyelesda yashaydi. U o‘zining mojaroli ishlari bilan tanilgan.

Top