09:19 / 21.07.2016
6571

Mey Britaniyaga keluvchi muhojirlar sonini qisqartirmoqchi

Foto: EPA

Buyuk Britaniyaning yangi bosh vaziri Tereza Meyning bayonotiga ko‘ra, mamlakat hukumati Birlashgan Qirollikka kirib kelayotgan muhojirlarning yillik oqimini «o‘n minglab kishi»gacha kamaytirish lozim, deb xabar qilmoqda Reuters.

Uning so‘zlariga ko‘ra, Britaniya har doim Qirollikka kelayotgan muhojirlar oqimini kamaytirishga va uni «barqaror» darajaga olib kelishga uringan.

«Fikrimcha, barqaror daraja — bu yurtimizga kelgan o‘n minglab xorijiy fuqarodir», — degan Mey.

Mavzuga oid
Top