09:11 / 21.07.2016
29616

OAV: Erdo‘g‘anni Rossiya Mudofaa vazirligi qutqarib qoldi

Rossiya tomoni Turkiya prezidenti Rajab Toyib Erdo‘g‘anni mamlakatda davlat to‘ntarishiga urinish boshlanishidan bir necha soat oldin bu haqda ogohlantirgan. Bu haqda Eronning Fars axborot agentligi xabar tarqatgan.

Agentlik ma'lumotiga ko‘ra, arab nashrlari Anqaradagi manbalarga asoslanib shu haqda ma'lumot olgan.

Manbalarning izohlashicha, Turkiya milliy razvedkasi Rossiya Mudofaa vazirligi tomonidan harbiy to‘ntarish tayyorlanayotgani haqida ogohlantirilgan.

Manbaning aytishicha, mintaqadagi rossiyalik harbiylar turklar armiyasida fitnaga tayyorgarlik ko‘rilishi bo‘yicha aloqalar o‘rnatilganini payqagan.

Isyonchilar Erdo‘g‘an joylashgan Marmarisdagi mehmonxonaga uni hibsga olish yoki yo‘q qilish maqsadida vertolyotlar jo‘natishi haqida ham ma'lum bo‘lgan.

Lekin rossiyaliklar bu ma'lumotarni aynan qayerda qo‘lga kiritganiga aniqlik kiritilmagan. Qayd etilishicha, Suriyaning Xmeymim bazasidagi Rossiya HKK tasarrufida shunday axborot signallarini tutish imkoniyati mavjud.

Anqaradagi yuqori lavozimli amaldorning aytishicha, rasmiylar davlat to‘ntarishiga tayyorgarlik ketayotgani haqida 5 soat oldin xabardor bo‘lishgan.

Top