11:23 / 22.07.2016
6728

Yaponiya aholisi Pokemon GO'ning bosh sahifasiga kirishda muammolarga duch kelmoqda

Foto: RIA

Pokemon GO o‘yini Yaponiya hududiga kelganidan yarim soat o‘tib, murojaat qiluvchilarning ko‘pligi tufayli Pokemon kompaniyasining bosh sahifasiga kirishning imkoni bo‘lmadi.

O‘yin  tarqatuvchisi bo‘lgan kompaniya saytiga murojaat qilish ilovaga kirish va registratsiyadan o‘tish uchun zarur. Hozir saytda "servis xizmatlari haddan ziyod yuklanganligi bois yangi akkauntni yaratish yoki boshqa xizmatlardan foydalanishning iloji yo‘q", deb yozilgan

22 iyul, juma kuni ertalab uzoq kutilgan bepul ilova Yaponiya hududiga yetib keldi. O‘yinning boshlanishi foydalanuvchilarda katta qiziqish uyg‘otdi. Bu esa kompaniya saytiga ommaviy murojaat qilishga hamda yukning haddan ziyod ortishiga olib keldi.

21 iyul, payshanba kuni Yaponiyaning kiberxavfsizlik markazi  xalqqa ilk marta Pokemon GO o‘ynab, ehtiyotkorlikka rioya qilish zarurligiga oid eslatma bilan murojaat qildi. Bu markazning faoliyatida ogohlantirish obekti elektron o‘yin bo‘lgan ilk murojaat bo‘ldi. 

Mavzuga oid
Top