07:55 / 22.07.2016
15154

“Kamolot” YoIH Buxoro viloyati Kengashining VII hisobot-saylov Konferentsiyasi bo‘lib o‘tdi

Joriy yilning 21 iyul kuni Buxoro viloyati hokimligi binosida “Kamolot” yoshlar ijtimoiy harakati Buxoro viloyati Kengashining navbatdagi hisobot-saylov Konferentsiyasi bo‘lib o‘tdi. Konferentsiyada 180 ta delegat ishtirok etdi. Delegatlar tarkibi 2 nafar O‘zbekiston belgisi ko‘krak nishoni sohiblari,  5 nafar Kamolot hamda Prezident stipendiantlari, 2 nafar “Zulfiya” nomidagi Davlat mukofoti sovrindorlari, 2 nafar nihol mukofoti sovrindorlari, 8 nafar yosh tadbirkorlar, 73 nafar iqtidorli yoshlar, fan olimpiadalari, sport musobaqa g‘oliblari hamda  Kamolot faollardan  iborat.

Shuningdek, Harakatning Buxoro viloyati Kengashi a'zolari, mahalliy Kengashlar Konferentsiyalarida saylangan delegatlar, ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirok etdi.

Konferentsiyalarni teng huquqlilik, muqobillik va oshkoralik ruhida o‘tishini ta'minlash, o‘tgan davrdagi faoliyat yuzasidan yoshlarning fikr-mulohazalarini o‘rganish, bu jarayonga keng jamoatchilik, xususan, ommaviy axborot vositalari vakillarini jalb qilish maqsadida namunaviy hisobot-saylovlar tashkil etildi.
Hududiy Kengashlarning navbatdagi Konferentsiyasiga saylangan delegatlar Harakat faoliyatining istiqbolini aniq tasavvur etadigan, tashkilotning samaradorligini oshirishga xizmat qiladigan takliflar bera oladigan faol yoshlardan tarkib topgan. Konferentsiyalarning joylarda ochiqlik va oshkoralik prinsiplari asosida o‘tkazish maqsadida davlat va jamoat tashkilotlari vakillari ishtirok etdi.

So‘ng yesa, viloyat yoshlarining yetakchisi lavozimini saylashga navbat yetib keldi. Harakatning Buxoro viloyat Kengashi raisi lavozimiga viloyat Kengashi raisi o‘rinbosari, hozirda yesa viloyat Kengashi raisi vazifasini vaqtincha bajarib kelayotgan Salixov Nodir Jamolovich nomzod etib ko‘rsatildi. Nodir Salixovning nomzodi delegatlar tomonidan bir ovozdan ma'qullandi. Buxoro viloyati yoshlari yetakchisi etib saylangan Nodir Salixov o‘z so‘zida yoshlarni kamolga yetkazish uchun amalga oshirilayotgan ishlarni yanada rivojlantirish, bu borada o‘zining bor bilimi, kuch-g‘ayratini sarflashini ta'kidlab, yoshlar tomonidan bildirilgan ishonchni oqlash uchun harakat qilishga va'da berdi.

Viloyat yoshlari yetakchisi saylanganidan so‘ng viloyat Kengashi raisi o‘rinbosarlari saylandi. Viloyat Kengashi raisi o‘rinbosarligiga hozirda Harakatning G‘ijduvon tuman Kengashi raisi sifatida faoliyat yuritayotgan G‘olibjon Barotov, viloyat Kengashi raisi o‘rinbosari, “Kamalak” bolalar tashkiloti raisi lavozimiga esa hozirda huddi shu lavozimida faoliyat olib borayotgan Nurov Suxrob saylandi.

Top