10:02 / 22.07.2016
7218

Mogerini: Turkiya hukumati isyondan keyin nomaqbul choralar qo‘llamoqda

Yevropa Ittifoqining tashqi ishlar va xavfsizlik siyosati bo‘yicha oliy vakili Federika Mogerini fikriga ko‘ra, Turkiya hukumati davlat to‘ntarishiga urinishdan keyin isyonchilarga qarshi qo‘llayotgan choralari demokratik erkinlik tamoyillariga zid hisoblanadi.

"Bunday reaksiyani oqlab bo‘lmaydi. Bu erkinlik va huquq asoslariga zid harakatlar. Ayniqsa Turkiyadagi universitetlar, OAV va sud tizimida yuz berayotgan jarayonlar. Bu o‘ta nomaqbul xatti-harakatlardir", degan Mogerini Vashingtondagi Karnegi fondining "xalqaro tinchlik uchun" shiori ostidagi yig‘ilishida so‘zlagan nutqida.

"Bu Inson huquqlari bo‘yicha Yevropa konvensiyasi asoslarining bir qismiga zid harakatlar", deya eslatib o‘tgan u.

Bundan oldinroq, Turkiya bosh vaziri o‘rinbosari Numan Kurtulmush mamlakatda favqulodda holat joriy etilishi ortidan Inson huquqlari bo‘yicha Yevropa konvensiyasiga amal qilinishi to‘xtatilgani haqida ma'lum qilgandi.

Top