12:06 / 22.07.2016
8409

Mourino Xitoydagi turne davomida «Chelsi» futbolkasiga dastxat qo‘yishdan bosh tortdi

«Manchester Yunayted» jamoasining yangi bosh murabbiyi Joze Mourino Xitoydagi yig‘in davomida klub muxlislari bilan uchrashdi. «Chelsi» jamoasining sobiq murabbiyi bu uchrashuv vaqtida londonliklar jamoasi futbolkasiga dastxat qo‘yishdan bosh tortgan.

Portugaliyalik mutaxassis dastxat qo‘yish uchun «MYu» liboslari va atributkalarini taqdim etgan muxlislarga mamnuniyat bilan imzo tarqatgan, ammo «Chelsi» klubi libosini tutgan muxlisni ko‘rgach, uning yuz ifodasi keskin o‘zgargan va boshini chayqab, bu futbolkaga imzo qo‘ymasligini bildirgan.

Bu holat tasvirlangan video internetga joylashtirilgan.

Bugun manchesterliklar jamoasi Dortmundning «Borussiya» jamoasiga qarshi o‘rtoqlik uchrashuvi o‘tkazadi.

Ma'lumot uchun, Joze Mourino 2004–2007 hamda 2013–2015 yillar davomida «Chelsi» bosh murabbiyi bo‘lgan. Uning murabbiyligi vaqtida «Chelsi» 3 marta Angliya chempionligi, bir martadan Angliya Kubogi va Superkubogi hamda 3 marta Angliya Liga Kubogini qo‘lga kiritgan.

Uning «MYu» bilan shartnomasi 3 yil muddatga tuzilgan.

Top