23:26 / 22.07.2016
4484

Myunxen politsiyasi shahar bo‘ylab "qo‘lga olish" amaliyoti o‘tkazmoqda, hujum ishtirokchilari soni noma'lum

Myunxen politsiyasi butun shahar bo‘ylab Olympia savdo markazi oldida odamlarni o‘qqa tutgan shaxsni qidirmoqda.

Ayni vaqtda shaharda necha kishi otishma uyushtirgani haqida aniq ma'lumot mavjud emas.

Bundan oldinroq, Myunxen politsiyasi savdo markazidagi otishma oqibatida 3 kishi halok bo‘lganini tasdiqladi. OAV otishma qurbonlari soni 15 nafarligini aytmoqda.

Jinoyatchi metroga yashiringan bo‘lishi mumkin.

Bundan oldinroq internetda bu jinoyatchining harakatlari qayd etilgan video tarqalgandi.

Shundan keyin politsiya ijtimoiy tarmoqlarda shahardagi vaziyatga oid videoyozuvlarni hamda suratlarni tarqatmaslikni so‘radi.

Ko‘p o‘tmay shaharning boshqa qismlarida otishma ovozlari eshitildi.

Top