23:15 / 22.07.2016
4760

OAV Myunxen metrosida otishma ovozi eshitilgani haqida xabar tarqatdi

Myunxen shahri markazidagi «Mariyenplats» metro bekati joylashgan hududda o‘q ovozlari eshitilgan. Bu haqda Sky News xabar tarqatdi.

Politsiya shaharning boshqa qismidagi otishma haqidagi ma'lumotni tasdiqlagan va aholidan uylaridan chiqmaslikni so‘ramoqda.

Ikkinchi otishma joyi aniq emas.

Myunxendagi OEZ savdo markazi hududida noma'lum shaxs atrofdagilarni o‘qqa tutdi. OAV xabariga ko‘ra bu hujum oqibatida halok bo‘lganlar soni kamida 15 nafar.

Hozirda politsiyachilar maxsus amaliyot o‘tkazib, jinoyatchini qidirmoqda.

Top