19:55 / 22.07.2016
11090

Turkiya bosh vaziri isyon boshlangani haqida darhol ma'lumot olmagan

Turkiya bosh vaziri Binoli Yildirimning ma'lum qilishicha, u davlat to‘ntarishiga urinish boshlangani haqida isyon boshlanganidan rosa 15 daqiqa o‘tganidan keyin o‘z do‘stlari va qo‘riqchilari orqali xabar topgan.

"Menga qo‘riqchilarim va boshqa yaqinlarim isyon boshlanganidan 15 daqiqa o‘tib xabar berishdi. Ungacha bunday katta mashstabdagi harakatlar haqida bizga hech narsa ma'lum emasdi. Lekin bu endi muhim emas. Muhimi shuki, endi bunday harakat takrorlanishiga yo‘l qo‘ymaslik", degan  vazir jurnalistlarga.

Bundan oldinroq, mamlakat prezidenti Rajab Toyib Erdo‘g‘an CNN telekanaliga bergan intervyusida teraktga tayyorgarlik ko‘rilayotgani haqida 15 iyul kuni kechqurun soat 20:00da (Toshkent vaqti bilan 22:00da) ma'lumot olgani haqida aytgandi, keyinroq Al-Jazira telekanaliga bergan intervyusida bu haqida bojasidan ma'lumot olganiga aniqlik kiritib o‘tgandi.

Shu bilan bir vaqtda Turkiya bosh shtabi Turkiya milliy razvedkasi bu haqda mahalliy vaqt bilan soat 16:00da xabardor bo‘lgani haqida chiqish qildi.

Top