12:31 / 22.07.2016
10348

O‘zbekiston TIV mamlakat fuqarosining Tailandda qo‘lga olingani to‘g‘risidagi xabarga ega emas

O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar Vazirligi, mamlakat fuqarosi Olga Komovaning AQSh FQB so‘roviga ko‘ra, Taylandda ushlanganiga oid rasmiy ma'lumotga ega emas. Bu haqda vazirlik matbuot xizmati tomonidan RIA Novosti muxbiriga ma'lumot berilgan

21 iyul kuni Tailand sayyohlik politsiyasi AQSh FQB so‘roviga ko‘ra, rossiyalik Dmitriy Ukrainskiy va 25 yoshli o‘zbekistonlik Olga Komovani hibsga olgani xabar qilingan edi.

FQB Ukrainskiyni amerikaliklarning kredit kartochkalaridan 28,5 mln dollar mablag‘ni o‘marganlikda gumon qilmoqda. 

"Biz bunday ma'lumotga ega emasmiz", —deya ma'lum qilgan vazirlik matbuot xizmati vakili. 

Ma'lumotlarga ko‘ra, Chang orolidagi mehmonxonalardan birida ishlaydigan Komova o‘sha orolda qamoqqa olingan. Ikkala hibsga olishlar 15 iyul kuni amalga oshirilgan. Komova Ukrainskiyning gumashatasi ekani aytilmoqda.

Mavzuga oid
Top