10:02 / 23.07.2016
7584

BMT XK Liviya kimyoviy qurolini olib chiqishga ruxsat berdi

Foto: AP

BMT XK Liviyadagi kimyoviy qurol zaxiralarini yo‘q qilish maqsadida olib chiqishga ruxsat berdi. Endilikda, Kengash a'zolari, bu kabi OQQ (ommaviy qirg‘in qurollari) terrorchi guruhlar ixtiyoriga tushib qolishiga yo‘l qo‘ymasliklari kerak

Shu mazmundagi rezolyutsiya XK tomonidan bir ovozdan qabul qilingan. 

Hujjatga muvofiq, asab tizimini ishdan chiqaruvchi amiton (VG) moddasi va boshqa aralashmalar hamda kimyoviy qurolning ayrim qo‘shilmalari kabi 2- toifadagi kimyoviy qurollar shular jumlasiga kiradi. 

Rezolyutsiyaga ko‘ra, "a'zo davlatlar Kimyoviy qurolni taqiqlash bo‘yicha tashkilot ko‘rsatmasiga binoan kimyoviy qurolni o‘z ixtiyorlariga olishi, tashishi, taqdim etishi va yo‘qotish huquqiga ega". 

"Bularning bari, Shimoliy Afrika mamlakati Milliy birlik hukumati bilan kelishilgan holda Liviya kimyoviy qurollari zaxirasini imkon qadar tezroq va eng xavfsiz usulda yo‘qotish imkonini beradi".

Top