19:35 / 23.07.2016
9072

Dunyodagi eng kichik portativ akkumulyator

Portativ batareyalar gadjyetlardan foydalanuvchi  har qanday kishiga yaxshi tanish. Biz ularni hamma yerda birga olib yuramiz, ammo bizning akkumulyatorimiz ko‘pincha katta joy egallaydi, batareyaning hajmi katta bo‘lsa, og‘irligi ham ortadi.

Bu muammoning yechimi tayyor – Kickstarter dunyodagi eng kichik 500 mAchli portativ quvvatlagichga (zaryadka) pul yig‘ish bo‘yicha kompaniyasini yo‘lga qo‘ydi. 

Dunyodagi eng kichik portativ quvvatlagichning nomi – Zoose. Uning hajmi 28,9×34,9×15 mm bo‘lsa-da, batareyaning og‘irligi - atigi 18 gramm. Uni bemalol jinsi shim cho‘ntagiga solib yurish yoki avtomobil kaliti to‘plamiga qo‘shib qo‘yish mumkin.

Zoose mini-akkumulyatori microUSB orqali yarim soatda quvvatlanadi. Mini-quvvatlagichning narxi – 19 dollar. 


 

Mavzuga oid
Top