09:19 / 23.07.2016
5636

Suares: "Ronalduning "Oltin to‘p"ni olishda ustunligi bo‘lishi mumkin, biroq men uchun Messi yaxshi"

“Barselona” hujumchisi Luis Suares klubdoshi Lionel Messining o‘yini haqidagi fikrlari bilan o‘rtoqlashdi va uning dunyoning eng yaxshi futbolchisiga beriladigan "Oltin to‘p" sovriniga imkoniyatlariga baho berdi.

"Ehtimol Ronaldu unvonni olishda ustunlikka egadir. Mening fikrimcha, Messi dunyoning eng yaxshi futbolchisi. U o‘z terma jamoasi bilan unvon qo‘lga kiritmagan bo‘lsa-da, o‘yinlar taqdirini hal qiladi, natijalar qiladi. 

Hamma Messiga Amerika Kubogi va suddan keyin qiyin bo‘lganini biladi, biroq u hamisha o‘zini tutib olgan va biz uni qo‘llab-quvvatlashimiz lozim", deb aytdi Suares.

Manba: Tribuna.Uz

Top