12:56 / 23.07.2016
12419

Usmonov: "toza" sportchilar mulozimlar qilmishi uchun javob bermasligi kerak

© Mixail Mettsel/TASS

Mulozimlar yo‘l qo‘ygan xatolardan "toza" sportchilar aziyat chekmasligi kerak. Xalqaro qilichbozlik federatsiyasi (FIE) prezidenti Alisher Usmonov Xalqaro Olimpiya Qo‘mitasi rahbari Tomas Baxga yo‘llagan maktubida shunday fikrlarni bildirgan, deb xabar qilmoqda "Rossiya 24" telekanali.

24 iyul kuni XOQ tashkilot ijroiya qo‘mitasining yig‘ilishini o‘tkazib, Rossiya milliy olimpiya termasining Olimpiada o‘yinlarida ishtirok etishini muhokama etadi. 

"Ishonamanki, Olimpiya o‘yinlarida ishtirok etishni hayotining bosh maqsadi qilgan toza sportchilar mulozimlar aybdor bo‘lgan taqdirda ham, o‘yinlardan chetlatilmasligi kerak. Axir, nima uchun birovlarning qilmishiga ular jazolansin? Siz o‘zingiz ham bir vaqtlar, Olimpiya o‘yinlarida qatnashish huquqi uchun kurashdingiz va o‘shanda XOQ va jahon yetakchilari “olimpiyachilarni eshitganida” boykotga yo‘l qo‘yilmasdi, deb aytgan edingiz", - deyiladi Usmonovning maktubida.

Top