21:12 / 24.07.2016
7535

Xitoy shimolidagi shiddatli jala qurbonlari soni 160 nafarni tashkil qilmoqda

Xitoy shimolidagi Xebey provinsiyasida kuchli jala tufayli yuzaga kelgan toshqinlar oqibatida qurbon bo‘lganlar soni 160 kishiga yetdi, yana 123 kishi bedarak yo‘qolgan deb hisoblanmoqda. Bu haqda «Sinxua» agentligi xabar bermoqda.

Bundan avvalgi xabarlarda 114 kishi halok bo‘lgani, 104 kishi bedarak ketgani aytilgan edi.

18 iyuldan buyon Pekin, Tyantszin shaharlari, Manjuriya avtonom hududi, Xebey, Shansi, Lyaonin, Tszilin, Xeyluntszyan va Xenan viloyatlari tabiiy ofat domida qolmoqda. Umumiy hisobda 58 shahar va 374 uyezddagi 14,36 mln kishining haytiga bu jalalar ta'sir ko‘rsatgan.

Tabiiy ofat hududidan 504 ming kishi evakuatsiya qilindi. Toshqin va ko‘chki oqibatida 10500 uy vayron bo‘ldi. Yetkazilgan iqtisodiy zarar 25 milliard yuanga yoki 3,81 milliard dollarga teng bo‘ldi.

Top