21:33 / 24.07.2016
4665

Xitoyda neft qazib olish birinchi yarim yillikda 100 mln tonnagacha kamayib ketdi

Google image

Xitoyda neft xom ashyosi qazib olish birinchi yarim yillikda o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 4,8 foizga kamayib ketib, 100,45 mln tonnani tashkil qildi. Bu haqda Xitoyning rivojlanish va islohotlar davlat qo‘mitasi ma'lum qildi.   

Davlat qo‘mitasida aytilishicha, neft qazib olishning kamayishi rejali asosda bo‘lgan va neftga past narxlar bilan bog‘langan. Xitoyning neftni tozalash sohasidagi eng yirik kompaniyasi Sinopec neft qazib olishni 7,5 foizga, eng yirik neft kompaniyasi PetroChina esa 4,8 foizga kamaytirmoqchi. 

Joriy yilning yanvaridan iyunigacha Xitoy kompaniyalari 256 mln tonna neftni tozalashgan. Bu miqdor o‘tgan yilning shu davridagidan 8,9 foizga ko‘proqni tashkil qilgan. Neft mahsulotlari ishlab chiqarilishi 7,1 foizga, ya'ni 159 mln tonnagacha o‘sgan. Iste'mol esa 4,4 foizga – 141 mln tonnagacha o‘sgan.     

Birinchi yarim yillikda Xitoyda tabiiy gaz qazib olish 2,9 foizga – 67,5 mlrd metr 
kubgacha yetgan, import esa 21,2 foizga – 35,6 mlrd metr kubgacha qisqargan.

Xitoyda tabiiy gaz iste'moli birinchi yarim yillikda 9,8 foizga – 99,5 mlrd metr kubgacha o‘sgan.

Top