20:23 / 24.07.2016
4383

Nigeriya hukumati qaroqchilar bilan kurashishga o‘nta harbiy kemani jalb qildi

Foto: © AP

Nigeriya harbiy-dengiz kuchlari mamlakatning suv hududlarida qaroqchilarga qarshi kurashish uchun o‘nta harbiy kemani jalb qildi, deb xabar bermoqda "Sinxua" axborot agentligi. 

Mamlakat hukumati neft va gazning tashilishiga xavf solayotgan qaroqchilar hujumini qaytarmoqchi. Operatsiya savdo kemalariga Nigeriya suv hududlari orqali yuklarni tashishda katta erkinlik berishga qaratilgan, deb aytdi Nigeriya harbiy-dengiz kuchlari shtabi boshlig‘i, vitse-admiral Ibok-Ete Ibas. 

Kemalarga yangi taktika qo‘llash va qurolli kuchlar faoliyatini faollashtirishga imkon beriladi, bu esa Niger daryosi deltasi xavfsizligini ta'minlash bo‘yicha yondash vazifani hal qilishga yordam beradi.

Top