15:18 / 24.07.2016
4358

WBO kamari sohibi Krouford WBC kamarini ukrainalik Postoldan tortib oldi

24 iyulga o‘tar kechasi AQShning Nevada shtati Las-Vegas shahrida professional boks kechasi tashkil etildi.

Oqshomning markaziy jangida birinchi yarim o‘rta vazn toifasida WBO yo‘nalishi chempioni amerikalik 28 yoshli Terens Krouford aynan shu vaznning WBC yo‘nalishi chempioni ukrainalik 32 yoshli Viktor Postolga qarshi birlashtiruvchi chempionlik jangida ringga ko‘tarildi.

12 raund davom etgan jang hakamlarning bahosiga ko‘ra amerikalik bokschi g‘alabasi bilan yakunlandi (118-107, 118-107 va 117-108).

Qayd etish kerakki, 5-raund vaqtida ukrainalik sportchi 2 marta nokdaun holatiga tushdi.

Shu tariqa, WBO kamari sohibi bo‘lgan Krouford Postoldan WBC chempionligi titulini tortib oldi.

Bungacha ikki sportchi ham mag‘lubiyat qayd etmagandi. Kroufordda endilikda 29 jangdan 29 g‘alaba ko‘rsatkichi yuzaga kelgan (20 nokaut). Postolda esa 28 g‘alaba (12 nokaut) va 1 mag‘lubiyat.

Top