12:20 / 25.07.2016
4578

Bag‘dod yaqinida navbatdagi terakt yuz berishi oqibatida 14 kishi halok bo‘ldi

Bag‘dod shimolida avtomobilga o‘rnatilgan portlovchi qurilma harakatga keltirilishi orqali sodir etilgan navbatdagi terakt oqibatida kamida 14 kishi halok bo‘lgan. Bu haqda shifoxonadagi manbasiga asoslangan holda Reuters agentligi xabar tarqatgan.

Bundan tashqari, 30dan ortiq kishi jarohat olgan.

Agentlik ma'lumotiga ko‘ra, portlash Bag‘doddan 80 km masofadagi Xalis shahrida sodir etilgan.

Terakt terrorchi-xudkush tomonidan ijro etilgan.

Qurbonlar soni ortishi mumkinligi aytilmoqda.

Hozircha hech bir tashkilot terakt uchun javobgarlikni o‘z zimmasiga olmadi.

Top