17:39 / 25.07.2016
6276

Rossiya Moliya vazirligi: rubl kursi qanday bo‘lishi kerak bo‘lsa, shunday

Rossiya Moliya vaziri o‘rinbosari Maksim Oreshkinning fikricha, bugungi kundagi milliy valyuta kursi Rossiya to‘lov qobiliyati va joriy neft kotirovkalariga mosdir, deb xabar qilmoqda RIA «Novosti». Uning so‘zlariga ko‘ra, vazirlik, ijobiy va salbiy tomonlari ko‘p bo‘lgani bois, milliy valyutani qasddan zaiflashtirish choralarini ko‘rmaydi. 

«Bugungi kunda rubl to‘lov muvozanati va neft narxiga mos keladi. Uning byudjyet uchun foydali yoki zararli ekani xususida so‘z yuritish kerak emas. U, suzuvchi kurs siyosatida qanday bo‘lishi kerak bo‘lsa, shundaydir», — degan Oreshkin.

Vazir o‘rinbosari shuningdek, VEB (Vneshekonombank)ning bosh iqtisodchisi Andrey Klepachning, rubl mustahkamlanishidan davlat byudjyeti daromadi yiliga o‘rtacha150–160 mlrdga kamayishi to‘g‘risidagi fikriga qo‘shilmasligini bildirdi. 

Moskva birjasining bugungi savdolarida Rossiya rublining rasmiy kursi bir dollarga 65 rublgacha pasaygan.

Top