18:53 / 25.07.2016
10359

Temir yo‘llarini to‘xtovsiz yotqizish imkonini beruvchi ulkan qurilma

Foto: Videodan olingan kadr

Avstriyaning Austrian Plasser und Theurer kompaniyasi dunyoda yagona, temir izlarni to‘xtovsiz yotqizish imkonini beradigan RU-800 S qurilmasiga ega bo‘lib, u bir o‘tishda eski temir yo‘lni yangisiga almashtira oladi. 2014 yili e'lon qilingan videolavhaga Reddit portali e'tibor qaratgan.

Uning vazni 692 tonnadan iborat bo‘lib, uzunligi 177 metrni, qo‘shimcha platformalari bilan — 800 metrni tashkil etadi. Mashina deyarli avtomatik tarzda ishlaydi. Uni atigi bir necha kishi boshqara oladi. 

RU-800 S bir vaqtning o‘zida eski relslarni yig‘ib olib, yangisini yotqizadi. Mashina bir kun ichida 2 kilometr masofaga temir izni to‘shay oladi. 


 

Top