06:51 / 26.07.2016
4104

Xitoyda yarim yil ichida qalbaki mahsulotlar ishlab chiqarishda 10 ming kishi ayblandi

Xitoyda 2016 yilning birinchi yarmida qalbaki mahsulotlar ishlab chiqarishga aloqador bo‘lgan 10 ming fuqaroga ayblov qo‘yildi, deb ma'lum qildi 25 iyulda Xitoy davlat kengashi bosh vaziri o‘rinbosari Van Yan.

Uning aytishicha, politsiya umumiy hisobda qalbaki dori-darmonlar, qurilish materiallari, avtomobil ehtiyot qismlari, o‘yinchoqlar va boshqa mahsulotlarni ishlab chiqarish bo‘yicha 64 mingta ishni tergov qilgan.

Van Yanning aytishicha, jinoyatchilar borgan sari texnik tomondan mahoratliroq va ehtiyotkor bo‘lib bormoqdalar. Uning ta'kidlashicha, Xitoy hukumati internetda mahsulotlar nazoratini qat'iylashtirishni hamda qalbaki mahsulotlarning mamlakat tashqarisiga eksport qilinishining oldini olishga qaratilgan maxsus tadbirlar rejalashtirmoqda. 

Bundan tashqari, hukumat ommaviy va xususiy kompaniyalarda dasturiy ta'minotlarning muntazam tekshiruvini o‘tkazmoqchi.

Top