11:55 / 26.07.2016
4947

Infantino o‘z chiqishida JCh-2026 ishtirokchilari soni 40ta bo‘lishi haqida gapirdi

FIFA prezidenti Janni Infantino Nigeriyadagi tashrifi davomida qilgan chiqishida JCh-2026 ishtirokchilari soni 40taga yetkazilishi haqida gapirdi.

«O‘ylaymanki, JCh-2026 turnirida 40ta terma jamoa ishtirok etadi, 8ta qo‘shimcha o‘rin ichida Afrika qit'asi uchun 2ta joy ajratiladi» - degan Infantino.

Bugungi kunda jahon chempionati final bosqichida 32ta terma jamoa 8ta guruhga bo‘linib ishtirok etadi, shundan 5ta o‘rin Afrika qit'asi vakillari uchun berilgan.

JCh-2026 ishtirokchilari soni bo‘yicha yakuniy qaror oktabr oyida qabul qilinadi.

Manba: Tribuna.uz

Top