07:42 / 26.07.2016
6126

IShIDga pul bilan yordam bermoqchi bo‘lgan kaliforniyalik 15 yilga ozodlikdan mahrum etildi

Google image

AQShning Kaliforniya shtatida yashovchi Adam Dandach 25 iyulda Santa-Ana shahri okrug sudi tomonidan IShID terrorchilik guruhiga moliyaviy ko‘mak ko‘rsatish va Suriyaga borish maqsadida AQSh fuqarosi pasporti nusxasini aldov yo‘li bilan olishga urinish uchun umrbod kuzatuv ostida bo‘lish sharti bilan 15 yilga ozodlikdan mahrum etildi. Bu haqda Assoshieyted Press axborot agentligi xabar bermoqda. 

Agentlik ma'lumotlariga ko‘ra, 22 yoshli Dandach o‘tgan yili terrorchilik guruhiga moliyaviy ko‘mak ko‘rsatmoqchi bo‘lgani va onasi uning xorijga chiqib ketishining oldini olish maqsadida olib qo‘ygan pasportini aldov yo‘li bilan almashtirganini tan olgan. 

Dandach pasport nusxasini olib, 2014 iyulda Suriyaga ketmoqchi bo‘lgan, biroq FQB agentlari tomonidan Santa-Anadagi aeroportda ushlangan. Agentlar yigitning telefonida jihodchilik madhiyalari va guruh tomonidan nazorat qilinuvchi hududlar xaritalarini aniqlashgan. Prokurorlarning aytishicha, yigit FQB agentlariga terrorchilik guruhiga qo‘shilmoqchi bo‘lgani va o‘zini himoya qilish uchun qurol bilan mashg‘ulot o‘tashni rejalashtirganini ma'lum qilgan.

Top