00:24 / 26.07.2016
7666

MESUIT – iPhone'da Android'ni ishga tushirish imkoni

Bu ikki eng mashhur mobil tizimlar orasida raqobat asossiz, sababi ularning har biri o‘z kamchilik va afzalliklariga ega. Eng yaxshi variant esa bu bir qurilmada ikki tizimdan foydalanishning imkoni bo‘lishidir. Aynan shunday imkoniyatni Haimawan kompaniyasining yangi ishlanmasi yaratib beradi.

Yaqinda ixtirochi-ijodkor Nik Li (Nick Lee) iPhone'da  Android operatsion tizimini ishga tushirishga yordam beruvchi qurilma o‘ylab topgani haqida xabarlar tarqalgan edi. Bu faqatgina ijodkorlik tadqiqoti uchun amalga oshirilgan edi. Dasturchi hech qanday amaliy tajribani maqsad qilmagan. 

Xitoyning Haimawan kompaniyasi esa bu yangilikka jiddiy e'tibor qaratdi va bir necha vaqt o‘tgach, o‘zining shaxsiy  iPhone uchun Android-futlyar talqinini taqdim etdi. Kompaniya bu loyihani nafaqat taqdim etdi, balki ishlab chiqarishga ham kirishib ketdi.

MESUIT deb nomlanuvchi yangi qurilma iPhone 6 yoki 6s uchun maxsus keysni o‘z ichiga oladi. Unda montaj platasi, 2 500 mA·ch batareya, 16 GB qo‘shimcha xotira va nano-SIM formatidagi kartochkalar uchun joy mavjud. Bu esa  Android'da aloqalar amalga oshirish uchun foydalanishga yordam beradi.

Haimawan kompaniyasi iPhone 6 va 6s uchun MESUIT'ni o‘zining rasmiy saytida  999 yuan (150 dollar atrofida)ga sotib olishni taklif qilmoqda. Shuningdek, iPhone 6 Plus va 6s Plus uchun mo‘ljallangan talqin ham mavjud bo‘lib, uning narxi biroz qimmatroq turadi. Mazkur qurilma Xitoydan tashqarida qachon sotuvga chiqishi noma'lum, Haimawan bu ishni tezroq amalga oshirishini ma'lum qilgan.

Top