19:08 / 26.07.2016
7775

Olland: IShID Fransiyaga urush ochgan

Fransiya prezidenti Fransua Ollandning aytishicha, IShID Fransiyaga qarshi urush ochgan. Bu haqda u bugun Normandiyada ro‘y bergan voqeadan keyin aytib o‘tdi.

"IShID Fransiyaga urush e'lon qildi. Endi biz tegishli tartibda bu urushda javob qaytarishimiz kerak. Barcha vositalar bilan IShIDga qarshi kurashishimiz kerak", deya uning so‘zlarini keltiradi Le Figaro.

U Sent-Eten-dyu-Ruvrdagi voqeani "jirkanch terakt" deb baholagan.

Bugun Fransiya shimolidagi Normandiya shahrining Sent-Eten-dyu-Ruvre cherkovida ikki kishi odamlarni garovga olib, ruhoniy va rohibalarga pichoq bilan tashlandi. Ular 84 yoshli ruhoniyni bo‘g‘izlashgan. Politsiya bu shaxslarni otib o‘ldirgan.

Garovdagi 4 kishi ozod etilgan. Prezident voqea joyiga tashrif buyurgan.

IShID Amaq agentligi orqali bu terakt uchun javobgarlikni zimmasiga oldi.

Top