08:59 / 27.07.2016
7239

Klinton AQSh prezidenti lavozimiga rasmiy nomzod etib saylandi

AQShning sobiq davlat kotibi Xillari Klinton Demokratlar partiyasining Filadelfiyadagi qurultoyida AQSh prezidenti lavozimiga rasmiy nomzod etib saylandi, deb xabar bermoqda NBC.

Ma'lum qilinishicha, Klinton AQShning eng yirik siyosiy partiyasi tomonidan rasmiy nomzod sifatida saylangan birinchi ayol siyosatchi bo‘ldi. 

Klinton ovoz berish davomida zarur bo‘lgan 2383 delegatning ovozini to‘pladi.

Mavzuga oid
Top