11:07 / 28.07.2016
6838

International Champions Cup. «Chelsi» 1 kishi kam bo‘lib o‘ynab «Liverpul»ni yengdi

International Champions Cup musobaqasi doirasida AQShning Pasadina (Kaliforniya) shahrida «Chelsi» - «Liverpul» uchrashuvi o‘tkazildi.

«Rouz Boul» stadionida kechgan bahs londonliklarning 1:0 hisobidagi g‘alabasi bilan yakunlandi.

O‘yinning 10-daqiqasida «Chelsi» himoyachisi Gari Keyhill urgan gol uchrashuvda yagonaligini saqlab qoldi. Ikkinchi bo‘lim o‘rtasida londonliklar yarim himoyachisi Sesk Fabregas maydondan chetlatildi, lekin «Liverpul» bir futbolchi ko‘pligi ustunligidan foydalana olmadi.

Qayd etish kerakki, bu uchrashuvi har ikki jamoa uchun ham turnirdagi birinchisi edi. «Chelsi» 30 iyul kuni «Real» bilan, 4 avgust kuni «Milan» bilan o‘ynaydi.

«Liverpul»ning keyingi raqiblari esa «Milan» (31 iyul) va «Barselona» (6 avgust).     

International Champions Cup-2016
Pasadina, AQSh

Chelsi Liverpul – 1:0 (1:0)
Gol: 1:0 – Keyxill (10).
Chetlatish: Fabregas (70).
«Chelsi»: Begovich, Aspilikueta, Keyxill, Terri, Ayna, Fabregas, Matich, Villian (Pedro, 66), Traore (Batshuayi, 66), Loftus-Chik (Chaloba, 72), Mozes (Kuadrado, 66).
«Liverpul»: Karius, Rendell (Ingz, 63), Klavan, Lovren (Uizdom, 63), Moreno (Aleksandr-Arnold, 82), Gruyich (Lallana, 46), Styuart (Brennagan, 82), Edjaria (Markovich, 63), Koutino (Milner, 63), Mane (Odjo, 63), Firmino (Xenderson, 63).

Top