19:12 / 28.07.2016
3652

International Champions Cup. «Manchester Siti» «Borussiya»ni penaltilar seriyasida mag‘lub etdi

Bugun Xitoyning Shenchjen shahrida «Manchester Siti» va Dortmundning «Borussiya» jamoalari o‘rtasida Xalqaro o‘rtoqlik turniri doirasidagi uchrashuv o‘tkazildi.

O‘yinning asosiy vaqtida 1:1 hisobi qayd etilgach, jamoalar penaltilar seriyasi boshlandi. Unda inglizlar jamoasi 6:5 hisobida ustun keldi.

Borussiya Dortmund – Manchester Siti – 1:1 (0:0, 1:1)
Penaltilar seriyasi: 5:6
«Borussiya»: Byurki, Ginter (Merino, 46), Sokratis (Bender, 46), Bartra (Larsen, 63), Shmeltser (Passlak, 46), Rode (Kastro, 46), Shaxin (Burnich, 63), Mor (Pulishich, 46), Lyaytner, Dembele (Kagava, 46), Ramos (Xober, 63).
«Manchester Siti»: Kabalero (Gann, 46), Otamendi (Maffeo, 46), Adarabioyo, Kolarov (Anxelino, 78), Klishi (Silva, 46), Fernando (Garsiya, 46), Fernandino, Zinchenko (Aguero, 46), Delf (Ture, 46, Sterling, 84), Ixeanacho (Boni, 46, Nolito, 84), Navas (Denayye, 46).
Gollar: 0:1 – Aguero (79), 1:1 – Pulishich (95).

Top